Ko‘pchilik murakkab operatsiyalar faqat katta mablag‘ evaziga amalga oshiriladi deb o‘ylaydi. Aslida esa ayrim toifadagi fuqarolar operatsiya xarajatlarini davlat hisobidan qoplatishi mumkinligini ko‘pchilik bilmaydi.
Bugungi kunda davlat sug‘urta orderi asosida bir qator operatsiyalarni bepul amalga oshirish imkoniyati mavjud va endilikda bu xizmatlar ZARMED Pratiksha Universitet klinikasida ham yo‘lga qo‘yilgan.
Agar siz davlat sug‘urta orderiga mos toifaga kirsangiz, quyidagi yo‘nalishlarda operatsiyalarni bepul amalga oshirishingiz mumkin:
🔹 Urologiya
🔹 Travmatologiya
🔹 Kardioxirurgiya (koronarografiya va stentlash)
🔹 Neyroxirurgiya
🔹 Ginekologiya va umumiy xirurgiya
🔹 Rentgen endovaskulyar xirurgiya
Operatsiyalar klinikamizning zamonaviy operatsion xonalarida, yuqori texnologik uskunalar va tajribali mutaxassislar ishtirokida amalga oshiriladi. ZARMED Pratiksha Universitet klinikasi ko‘p tarmoqli zamonaviy universitet klinikasi bo‘lib, bemorlar uchun qulay statsionar sharoitlarga ega.
Davlat sug‘urta orderi kimlarga beriladi?
Quyidagi toifadagi fuqarolar order asosida bepul davolanish va operatsiya imkoniyatiga ega bo‘lishlari mumkin:
🔹 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar
🔹 Harbiy xizmatga chaqirilish yoshidagi (18–27 yosh) va chaqiruv komissiyasi yo‘llanmasiga ega fuqarolar
🔹 Homilador ayollar
🔹 Endokrin kasalligi mavjud bemorlar
🔹 Jinsiy yo‘l orqali yuqadigan kasalligi mavjud bemorlar
🔹 Sil kasalligi bilan og‘rigan bemorlar
🔹 Onkologik kasalligi mavjud bemorlar
🔹 Urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan fuqarolar
🔹 Ishlamaydigan pensionerlar
🔹 Mehnat fronti qatnashchilari
🔹 Bolalikdan nogironligi mavjud fuqarolar
🔹 I va II guruh nogironlari
🔹 Kam ta’minlangan oilalar a’zolari
🔹 Harbiy harakatlarda qatnashgan fuqarolar
🔹 Chernobil AES avariyasini bartaraf etishda qatnashgan nogiron fuqarolar
🔹 Yetim bolalar
🔹 Rejali gemodializ oluvchi bemorlar
🔹 Tibbiyot xodimlari
Order qanday olinadi?
Buning uchun bemor avvalo yashash hududidagi poliklinika yoki davlat tibbiyot muassasasiga murojaat qilishi kerak. Shifokorlar tomonidan bemorning holati o‘rganilib, kerakli hujjatlar va tibbiy xulosalar asosida davlat sug‘urta orderi rasmiylashtiriladi.
Order tasdiqlangach, bemor ZARMED Pratiksha Universitet klinikasida bepul operatsiya va davolanish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
📌 Agar siz yoki yaqinlaringiz operatsiyaga muhtoj bo‘lsa, avval davlat sug‘urta orderi orqali bepul davolanish imkoniyati bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rishni tavsiya qilamiz.
📞 Batafsil ma’lumot va konsultatsiya uchun pastdagi "ro'yxatdan o'tish" tugmasi orqali ro'yxatdan o'ting