"Assalomu alaykum, men Vaqayeva Marhabo, 1963-yilda tug‘ilganman. 18-sanada og‘ir ahvolda ZARMED Pratiksha klinikasiga murojaat qildim. Menda ikki tomonlama pnevmoniya aniqlanib, virus butun organizmimga ta’sir qilgan edi. Klinikaga kelganimda ahvolim juda og‘ir edi. Shifokorim Yelena Kimovna va barcha tibbiyot xodimlari menga juda katta e’tibor va g‘amxo‘rlik bilan qarashdi. Bu yerda nafaqat shifokorlar, balki hamshiralar, sanitarkalar va boshqa xodimlarning barchasi juda mehribon va e’tiborli. Men o‘zimni xuddi oilamdagidek, hatto onam bag‘rida bo‘lgandek his qildim. Allohga shukur, shifokorlarimizning sa’y-harakatlari bilan sog‘lig‘im ancha tiklandi. Bugun o‘zimni yaxshi his qilyapman. Barcha xodimlarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Hech kim kasal bo‘lmasin, ammo kimdir muhtoj bo‘lsa, bemalol shu klinikaga murojaat qilishini tavsiya qilaman. "