Homiladorlik va tug‘ruq har bir ayol hayotidagi eng muhim va hayajonli davrlardan biridir. Shu sababli tug‘ruq bo‘ladigan maskan, undagi sharoitlar va mutaxassislar bilan oldindan tanishib chiqish ko‘plab bo‘lajak onalar uchun muhim hisoblanadi.
ZARMED Pratiksha Universitet klinikasi tug‘ruq bo‘limida siz uchun maxsus “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etiladi.
Tadbir davomida homilador va tug‘ruqni rejalashtirayotgan ayollar klinikamizning tug‘ruq bo‘limi, palatalar, zamonaviy jihozlar hamda yaratilgan qulay sharoitlar bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bu esa bo‘lajak onalarga tug‘ruq jarayoniga xotirjam tayyorgarlik ko‘rish, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish va klinika imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishga yordam beradi.
🎁 Tadbir ishtirokchilarini quyidagilar kutmoqda:
🔹 Tug‘ruq bo‘limi bo‘ylab ekskursiya
🔹 Sharoitlar bilan yaqindan tanishish
🔹 Kofe-brek
🔹 Maxsus chegirmalarga ega tug‘ruq paketlari
🔹 Esdalik sovg‘alari
📅 Ochiq eshiklar kuni haftaning har shanba kuni o‘tkaziladi.
📌 Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tishingiz tavsiya etiladi.
📞 Batafsil ma’lumot va ro‘yxatdan o‘tish uchun 1063 raqami orqali "Ariza" qiling.