Kardiojarrohlik (yurak-qon tomir jarrohligi, shuningdek, yurak-torakal jarrohlik) - yurak-qon tomir tizimining patologiyalarini jarrohlik yo'li bilan bartaraf etadigan jarrohlik va kardiologiya sohasi. Tug'ma va orttirilgan yurak nuqsonlari, yurak ritmining buzilishi, yurak etishmovchiligi, yurak tomirlari kasalligi, kardiomiopatiyalar, yuqumli, onkologik va travmatik yurak kasalliklari bo'lgan bemorlar jarrohlik davolashga muhtoj. ZARMED PRATIKSHA Bog'ishamol klinikasi yurak xastaliklarining oldini olish va davolash bo'yicha to'liq xizmatlarni taklif etadi. Bu yerda siz O'zbekistondagi eng kuchli va zamonaviy asbob-uskunalar yordamida keng qamrovli kardiologik tekshiruvdan o'tib, salomatligingiz haqida to'liq tasavvurga ega bo'lishingiz mumkin!
KARDIOJARROHLIK BO'LIMI XIZMATLARI:
✔ Aortokoronar shuntlash amaliyotini yurakning ishlab turgan va to'xtatilgan holatida bajarish.
✔ Ministernotomiya orqali minimal invaziv koronar shuntlash jarrohliklari.
✔ Simultan jarrohliklar - multifokal aterosklerozga uchragan bemorlarga bir vaqtda karotid endarterektomiya va koronar shuntlash jarrohliklari.
✔ Orttirilgan nuqsonalarda, aorta va mitral klapinlarini bir vaqtda va alohida almashtirish jarrohliklari.
✔ Yurak o'smalari jarrohligi.