Bizning klinikamizda quyidagi urologik jarrohlik muolajalari amalga oshiriladi:
✔  Buyrak va siydik yo'llari toshlarni lazer bilan
endoskopik usulda ogʼriqsiz parchalash jarrohlikari.
✔  Siydik chiqarish tizimi va jinsiy organlarning barcha turdagi o'smalarini endoskopiya yoki laparoskopiya usulida olib tashlash jarrohliklari.
✔  Bepushtlik sababi boʼlgan "Varikotsele"ni eng zamonaviy
"Marmar" nomli mikrojarrohlik usulida bartaraf
qilish jarrohligi.
✔  Erkaklarning tashqi jinsiy aʼzolari patologiyalarini
(gidrotsele, uretraning torayishi) mikrojarrohlik
jarrohlikari.
✔  Аyollarda siydik ushlay olmaslik holatlarida (Stressli
xolatlarda siydik ushlay olmaslik) qoʼllaniladigan eng
samarador boʼlgan "TVT-O" jarrohlik muolajasi.
✔  Ogʼir erektil disfunktsiyani (jinsiy ojizlikni) davolash
uchun eng samarali jarrohlik usuli- jinsiy olatni protezi
implantatsiya qilish jarrohligi.
✔  Tugʼma anomaliyalarni va travmadan keyingi asoratlarini
jarrohlik davolash.