"ZARMED PRATIKSHA Bog'ishamol" klinikasida qon tomirlarini minimal invaziv tekshirish uchun uchinchi avlod angiografi sizning salomatligingiz qo'rig'ida. Philips Azurion angiograflari minimal invaziv angiografik tekshiruvlar va muolajalarni amalga oshirish uchun qo'llaniladi. Qurilmalar neyroradiologik, endovaskulyar, onkologik va kardiologik muolajalarni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. Bundan tashqari, ular ikki tana a'zo bo'limni, masalan, yurak va qo'l-oyoq tomirlarini bir vaqtning o'zida kichik kontrastli va past miqdordagi nurlanish bilan tekshirish xususiyatiga ega. 15 dyuymli detektorli Azurion 3 – endovaskulyar davolash sohasidagi yangilik hisoblanadi. Ushbu tasvirlash tizimi muolajalarni yanada izchil va samarali bajarish uchun yaratilgan.
REJ BO'LIMI QUYIDAGI SOHALARDA XIZMATLARNI TA'MINLAYDI:
✔ Yurak koronar arteriyalarni stentlash
yurak toj tomirlari tekshiruvi (koronar angiografiya, shuntografiya).
✔ O'pka klapani torayishi, endovaskulyar diagnostika va davolash tug'ma yurak nuqsonlarini (bo'lmachalaro teshik, ochiq arterial yo'l).
✔ Buyrak tomirlarini (arteriyalari) angiografiyasi va stentlash.
✔ Qandli diabet kasalligidagi "Diabetik tovon" sindromida oyoq tomirlarini endovaskulyar (kesmasdan ) davolash.
✔ Bosh miya va bo'yin tomirlari kassaliklarida endovaskulyar (kesmasdan) davo muolojalari.
✔ Kassaliklarda endovakulyar davolash (embolizatsiya) bachadon miomasi, prostata adenomasi va jigar o'smalari kabi.
✔ Yurak ritmi buzilishlarida (bo'lmachalar xilpilashi, paroksizmal taxikardiya, sinus tuguni zaifligi) elektrofiziologik tekshiruvlar va radiochastotali ablatsiya, yurak elektrokardiostimulyatori o'rnatish amaliyotlari.